35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Hududdagi tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi muammoni joyida o‘rganib, ro‘yxatga olish kitobiga qayd etdi
янв.21
Deputat hududdagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat saylovchilar va mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya"ning oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan yo‘nalishi ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Kotib

Xalq va davlat idoralari o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik bo‘lgan mahalliy Kengash deputatlarining joylardagi faoliyati ham aynan shu ezgu maqsadga qaratilgan. Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Muyassar Yuldasheva “Oqibat” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar murojaatlari yuzasidan qabul o‘tkazib, ular bilan bevosita muloqot qildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muhim masalalar tinglanib, muammolarni o‘rganish va murojaatlarni qayd etish daftariga yozib oldi. Xususan, mahalladagi boshqaruv servis kompaniyasining faoliyatidagi muammolar hamda kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘radilar.

Deputat fuqarolarga mazkur masalalarni shaxsan joyiga borib ko‘zdan kechirishini va muammolarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganib chiqishini aytib, belgilangan qonun doirasida hal etilishini ma’lum qildi.

Mazkur sayyor qabul fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash, muammolarga tezkor va manzilli yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4