Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Kamola Iskandarova "Nilufar" yozgi bolalar oromgohida tashkil etilgan "Dolzarb-90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etdi.
🌿 Tadbirlar davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy hamda sport yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.