Янгиликлар

Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ekspertlar guruhi rahbari Y.Umbarov bilan hamkorlikda "Xalqobod" mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa va dehqon xo‘jaliklaridan samarali foydalanish, fuqarolarning daromad manbalarini oshirish, murojaatlar bilan ishlash hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Mas’ullar bilan o‘zaro fikr almashilib, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar ishlab chiqildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4