🔰Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Xoliqov tomonidan "Navbahor" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-445-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰Jarayonda mahalla fuqarolar yig‘inida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda qonun talablariga rioya etilishi, fuqarolarga o‘z vaqtida va asoslantirilgan javoblar berilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Deputat mahalla mas’ullari bilan suhbat davomida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini tizimli hal etish, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda O‘RQ-445-sonli Qonun talablari ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berdi.