Янгиликлар

5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✍️ Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 8-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

➡️O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati, ishsiz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3