Янгиликлар

24-Botirma saylov okrugidagi Zarqo‘rg‘on mahallasida yana bir muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirilmoqda

➡️Ushbu loyiha Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovnaning 24-Botirma saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

🧒Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-64-14-204-K/26-son qaroriga asosan, 24-Botirma saylov okrugi hududidagi Zarqo‘rg‘on mahallasida joylashgan Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 368-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida keng ko‘lamli joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 1 milliard 10 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan:

- muassasaning fasad qismi;
- bolalar yozgi o‘yin maydonchalari;
- binoning ichki qismi joriy ta'mirlanadi.

Mazkur ta'mirlash ishlari tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta'lim-tarbiya muhitini yaratish, muassasaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4