Янгиликлар

DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARI VA IJTIMOIY MASALALAR HOLATINI O‘RGANDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 12-Navbahor saylov okrugi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi Navbahor mahallasida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlarining amaldagi holati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ularning manzilliligini ta'minlash hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3