Янгиликлар

Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputatlari Sh.Abdurahimov va E.O‘rmonov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari D.Marasulov hamda A.Muhammadjonovlar haftalik va kunlik ish rejaga asosan, Eski To‘da mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mahallalarda olib borilayotgan o‘rganishlar hududlarni rivojlantirish, fuqarolarning turmush farovonligini oshirish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4