Navro‘z mahallasida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan Navro‘z mahallasi fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mahallada aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bildirildi.