Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "4-Matqulobod" saylov okrugi deputati G.Usmonova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan "Matqulobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasi, bino-inshootlarining holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida muassasa binosi 1978-yilda qurilganligi va 120 o‘ringa mo‘ljallangani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bino foydalanishga topshirilganidan buyon eshik va derazalar almashtirilmaganligi, bu esa kuz-qish mavsumida xonalarda zarur haroratni saqlashda qiyinchiliklar yuzaga keltirayotganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, muassasada isitish tizimi, mavjud shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga so‘rov yuborilishi belgilandi.