Янгиликлар

Fuqarolar murojaatlari e'tiborda.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov Mahtumquli mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.
Ma'lumki, Mahtumquli mahallasi "Og'ir mahallalar" dasturi doirasiga kiritilgan bo'lib, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida respublika budjetidan 2 milliard so'm va mahalliy budjetdan 1 milliard so'm, jami 3 milliard so'm mablag' ajratilgan.
Uchrashuv davomida mahallaning Chikka ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar mazkur dastur doirasida ko'chani asfaltlashtirish masalasida murojaat qildilar.
Fuqarolarning murojaati tinglanib, masalani hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda amaliy yordam ko'rsatildi.

Slide 1 of 3