Янгиликлар

🔰Saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔸 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubov, shahar Kengashining komissiya raisi B.Toshpo‘latov hamda deputat S.Israilovlar tomonidan 13-“Jizzaxlik” saylov okrugi hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔸O‘rganish tadbirlari davomida “Qassoblik” mahallasidagi 16-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirdi. Shuningdek, mahalla hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarining borishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 3