Янгиликлар

Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert guruhi” mas’ul kotibi, kotibiyat bosh mutaxassisi P. Rahmanov moliya va iqtisodiyot bo‘limi rahbariyati ishtirokida tuman Kengashining 2026-yil 12-maydagi “Tuproqqal’a tumani byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida qo‘shimcha mablag‘lar “Obod mahalla” jamg‘armasi, issiqxona tashkil etish, oziq-ovqat zaxirasini shakllantirish hamda hokimlikning xizmat faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar uchun belgilangan tartibda yo‘naltirilgani tahlil qilindi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, qarorda nazarda tutilgan 4 mlrd 79 mln so‘mdan ortiq mablag‘ to‘liq o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli sarflangani qayd etildi.

Slide 1 of 3