Янгиликлар

QONUNLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–642-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Rahimov, Ijtimoiy soha yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi, kotibiyat bosh mutaxassisi O.Dadajonova hamda tuman bandlik bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida Bo‘stonobod mahalla fuqarolar yig‘inida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, qonun talablarining amaliy ijro holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5