Янгиликлар

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari amalda

 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida joylarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tabassumxon Isroilova tomonidan "Barkamol" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, "Mahalla yettiligi" faoliyati natijadorligini oshirish, shuningdek, aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish va mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Aholi farovonligini oshirish hamda mahallalarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 1