📌Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova, tuman Ma’naviyati bo‘linmasi rahbari S.Xudoyqulova hamda yoshlar maslahat guruhi ishtirokida Qamashi tumanidagi Ma'naviyat maskanida uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda Kengash faoliyatida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🗣 Tadbir davomida yoshlar tomonidan bandlikni ta’minlash, sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tashkil etish, axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi imkoniyatlarni kengaytirish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.