Xalq deputati Zafarobod tumani Kengashiga 17-"Qutlug'yo'l" saylov okrugidan saylangan deputat A.Ihtiyorov tumandagi "Lolazor" qishloq fuqarolar yig'inida aholi bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi, hududdagi ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.
Ayniqsa, yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yoshlarni bandligini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Barcha murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.