Янгиликлар

Barlos va Chamanzor ko‘chalariga ichimlik suvi tortiladi

Barlos va Chamanzor ko‘chalariga ichimlik suvi tortiladi
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashiga 16-"Boqquduq" saylov okrugidan saylangan deputat B. Hamraqulovning deputat so‘rovi asosida “Pistalikent” ShFY hududidagi Barlos va Chamanzor ko‘chalariga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi ko‘rib chiqildi.
2026 yilda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida 1,3 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan.
Mablag‘lar ajratilgandan so‘ng 2026 yilning 2–3 choraklarida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda.
Ushbu ishlar ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi. 

Slide 1 of 1