Янгиликлар

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Andijon shahridagi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida manzilli dasturga kiritilgan.

Manzilli dastur asosida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A.Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi va bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Bu kabi o‘rganish ishlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Slide 1 of 3