Янгиликлар

Andijon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-sonli hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorlariga asosan Andijon shahridagi “Obod” va “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur qarorlarga muvofiq, mahalla ko‘chalarida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etib, belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.

Mahalla aholisi esa olib borilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirishmoqda.

Bu kabi o‘rganish va nazorat ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 2