Янгиликлар

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Sessiyada: 

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilinib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush darajasini
yaxshilash, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlardagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilgach, Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilinib, sessiya o‘z
ishini yakunladi.
 

  

   

Slide 1 of 1