DEPUTAT NAZORATI: HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 1-Bandixon saylov okrugidan saylangan deputati X.Abdimo‘minov tomonidan "Bandixon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
✅O‘rganishlar davomida hududdagi ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish ва mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅Deputat mahalla faollari va mas’ullar bilan uchrashib, obodonlashtirish ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
✅Aholi yashash joylarini yanada ko‘rkam holatga keltirish borasidagi bu kabi nazorat tadbirlari hududda izchil davom ettirilmoqda.