Янгиликлар

Kengash_faoliyati

Farzandlar kamoli – yurt kelajagining mustahkam poydevori!

✅Bandixon tumanida yosh avlodning sog‘lom, bilimli va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamuratova tumandagi 11-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ovqatlanish sifati bilan yaqindan tanishdi.

✅Tashrif davomida bolajonlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, quvonchga to‘la chehralari va yaratilgan imkoniyatlardan mamnunligi mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini yana bir bor namoyon etdi.

✅Farzandlarimizning munosib ta’lim olishi, sog‘lom ulg‘ayishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bundan buyon ham ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.

✅Kelajak bugundan boshlanadi. Bolalar uchun yaratilayotgan har bir imkoniyat — ertangi taraqqiyot poydevoridir.

Slide 1 of 4