Янгиликлар

Ijtimoiy barqarorlik va infratuzilma masalalari: Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish hamda ushbu mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi masalasi atroflicha muhokama qilindi.

💬 Kun tartibidagi masala yuzasidan Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori O.Jumayevning hisoboti eshitildi. Hisobotda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va hududiy infratuzilmani yaxshilash borasidagi rejalashtirilgan ishlar hamda moliyaviy ehtiyojlar bayon etildi.

💬 Doimiy komissiya a’zolari hamda deputatlar taqdim etilgan hisobotni tahlil qilib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi va har bir so‘mning fuqarolar farovonligi uchun xizmat qilishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Deputatlar tomonidan masalani yanada takomillashtirish bo‘yicha qator amaliy takliflar kiritildi.

🫥Yig‘ilish yakunida, bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, mazkur masalani xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3