Янгиликлар

Jamoat transporti holati qanday?

 Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, 2-Do‘stlik saylov okrugi O‘zMTDP a’zosi K.Shukurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.To‘ychiyevlar tomonidan hududda jamoat transporti tizimining muntazam faoliyati, yo‘nalishlarda avtobuslarning harakatlanish jadvaliga rioya etilishi hamda avtobus bekatlarining sanitariya va texnik holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholi uchun yaratilgan qulayliklar, bekatlarning obodonlashtirilganlik darajasi, yo‘lovchilar uchun zarur shart-sharoitlar, shuningdek, jamoat transporti xizmatlari sifati yuzasidan ham tahlillar olib borildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan
mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4