🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari I. Masharipov hamda M. Nurjanova tomonidan To‘qmang‘it mahallasida joylashgan 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida monitoring ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosi, maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularni saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🍽 Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, taomlar sifati hamda oshxona faoliyatining belgilangan me’yorlar asosida tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Monitoring yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.