Янгиликлар

📌 Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi va sifatli ta’lim kafolati!

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri 🔹 I. Masharipov hamda deputatlar 🔹 X. Ismailov, 🔹 F. Yusupovalar tomonidan umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish o‘tkazildi.
🔍 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-son qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
📊 Deputatlar tomonidan quyidagi muhim yo‘nalishlar qat’iy nazorat qilindi:
🍽 O‘quvchilarning sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlanishi
— tasdiqlangan taomnomaga amal qilinishi o‘rganildi.
🧴 Sanitariya va gigiyena talablariga rioya etilishi
— oshxonalardagi tozalik, mahsulotlarni saqlash hamda tarqatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
🚛 Tayyor taomlarning sifatli va o‘z vaqtida yetkazilishi
— ovqat yetkazib berish tizimining uzluksizligi va sifati tahlil qilindi.
🥗 Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi
— iste’mol qilinayotgan mahsulotlarning sifati va belgilangan standartlarga mosligi o‘rganildi.
👥 Maktablardagi maxsus komissiyalar faoliyati
— ichki nazorat tizimining samaradorligi va mas’uliyati baholandi.
💻 “Kundalik.com” platformasidagi hisob-kitoblarning shaffofligi
— elektron hujjatlarning haqqoniy yuritilishi deputatlar e’tiborida bo‘ldi.
⚡️ Deputatlar tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida mavjud holatlar atroflicha tahlil qilinib, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅ Zero, farzandlar salomatligi, sifatli ovqatlanish va xavfsiz ta’lim muhiti — doimiy deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 4