Янгиликлар

O‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

O‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Sharopova 30-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning qiziqish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, vatanparvarlik va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quvchi yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Uchrashuv yakunida yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, kelajakda munosib kasb egasi bo‘lishlari uchun doimiy qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3