Янгиликлар

Murojaatlar yechimi – deputat nazoratida

           Xalq deputatlari tuman Kengashi "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya" si rais o‘rinbosari I. Butabekov tomonidan ATB “Agrobank”
Jalakuduq tuman filialiida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari tahlil qilinib, ularning ijrosi yuzasidan amaliy natijalar ko‘zdan kechirildi. E’tiborlisi, fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalarning aksariyati o‘z vaqtida hal etilgani qayd
etildi.Deputat tomonidan aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 6