Янгиликлар

Deputat G’azberon MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassis G.Soliyevalar tomonidan G’azberon mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O’rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag’allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish hamda tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga yo’naltirish, imtiyozli kreditlar ajratish va aholining ijtimoiy muammolarini hal etish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi. Mahallada tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o’rganish va amaliy yordam ko’rsatish borasidagi ishlar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomorqadan unumli foydalanish, issiqxona tashkil etish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida e’tirof etildi. Deputat tomonidan ish samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mahallada yangi ish o’rinlari yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1