🔹 Mazkur murojaatda mahalladagi Tuman sport maktabi joylashgan, umumiy uzunligi 500 metr bo‘lgan Maxtumquli ko‘chasining bugungi kunda ta’mirtalab bo‘lib qolganligi jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
🔹Yog‘ingarchilik kunlarida loy va suv to‘planishi oqibatida mahalla ahli, maktab o‘quvchilari hamda transport vositalarining harakatlanishi uchun og‘ir qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
🔹Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, ushbu ko‘chaning ijtimoiy ahamiyati inobatga olingan holda, yo‘l qismini joriy yilda manzilli dasturga kiritish va shag‘allashtirish (tosh yotqizish) ishlari so‘ralgan.
🔹Deputat tomonidan mutasaddi rahbarlardan mazkur ko‘chada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va ularning aniq muddatlari to‘g‘risida yozma axborot taqdim etish talab qilindi.
🔹Qonunchilikka binoan, ushbu deputat so‘roviga mutasaddilar tomonidan raddiyasiz, 10 kunlik muddat ichida rasmiy va aniq javob berilishi belgilangan.
🔹Deputatlik so‘rovi ijrosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda nazoratga olindi.