#Deputatlik_faoliyati
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
📌Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Musayev Yoqubjon Mamadaminovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.
🖋O‘rganish jarayonida deputat Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlari hodimlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilishi holati bilan yaqindan tanishdi.
❗️Bunda markaz va FHDYo organlari hodimlari davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida ma`lumotlar berishdi. Deputat tomonidan Davlat xizmatlari ko‘rsatishni qanday qilib aholi uchun yanada qulayroq tashkil etish va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Mas'ul mutaxassis Sh.Sidikova
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube