Янгиликлар

Deputat tomonidan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent okrugidan saylangan deputat F.Sarimsoqov tomonidan 18-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan ochiq suhbat tashkil etildi.

Muloqot davomida o‘quvchilarning qiziqishlari, kelgusidagi rejalari, kasb tanlash hamda oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish masalalari yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.

Shuningdek, yoshlarga zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash, bilim olishga jiddiy yondashish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida bitiruvchi yoshlarning savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Slide 1 of 4