Янгиликлар

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Bugun Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💻 Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan yig‘ilishda:
🔹 Yashnobod tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limining 2026-yil birinchi chorak yakunlari;
🔹 “A.Yassaviy” MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

📉 Hisobot komissiya a’zolari tomonidan muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda qarorlar qabul qilindi.

🌳 Shuningdek, deputatlar “Ochiq budjet” portali doirasidagi “Mening bog‘im” loyihasi asosida “Ahmad Yassaviy” MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etish tashabbusi ovoz berishda g‘olib bo‘lganini ta’kidlab, loyiha yuzasidan masalalarni atroflicha o‘rganib chiqdilar.

Slide 1 of 1