Янгиликлар

Kengash raisi faoliyati

Kengash raisi faoliyati

Serharakat mahallasida oilaviy qadriyatlarni ulug‘lash va ajrimlarning oldini olish maqsadida navbatdagi amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Bu galgi o‘rganishlar mahalla nuroniylari va mahalla faollarining jipsligida yanada mazmunli kechdi.

Mazkur xayrli jarayonda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda mahalla oqsoqollari, nuroniy onaxonlar birgalikda nizoli vaziyatdagi va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar xonadonlarida bo‘lishdi.