O‘rganishlar davomida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq qator masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Navro‘z, Eshon Said, Abu Ali ibn Sino, Xon-Atlas, Mustaqillik, Tinchlik, Toshkent, Shakarjonov, Sohibqiron, Taron bozori hamda Misgarlik ko‘chalarida joylashgan eskirgan taxta simyog‘ochlar holati o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan mavjud simyog‘ochlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularni bosqichma-bosqich yangisiga almashtirish zarurati qayd etildi.
Shuningdek, yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha ham qator kamchiliklar aniqlangan.
Jumladan Misgarlik ko‘chasining 270 metri, — Navro‘z ko‘chasining 170 metri, — Taron bozori ko‘chasining 90 metr qismida asfaltlash ishlarini amalga oshirish zarurligi ma’lum bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalalar bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi.