Янгиликлар

Dastur va loyihalar ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mansurxon Xayrulloyev xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Navroʻzov bilan birgalikda tumandagi “Soʻfidehqon” MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi “Islom Taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5246-sonli qarori ijrosini oʻrgandi. Jumladan, 30-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish jarayonlarini nazoratga oldi. Taʼlim tashkiloti qaror asosida 4 mlrd.soʻmdan ortiq mablagʻlar hisobidan 120 oʻrinli binosi qurilishi belgilangan. Oʻrganishlar jarayonida deputat tomonidan mutasaddilarga qilinishi kerak boʻlgan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berdi hamda muammolar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6