Янгиликлар

“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari M.Xasamiddinov va K.Mamanova Paxtakor tumani “Oqbuloq” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi taʼminoti tizimini qurish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Paxtakor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan deputatlar ushbu loyiha aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar. 

Ma’lumki, hududda ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, mazkur qurilish ishlari yakunlangach, “Oqbuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Slide 1 of 1