Янгиликлар

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Davlat Danayev tomonidan Amir Temur mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, shuningdek, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 2