Янгиликлар

Deputatlik nazorati doirasida Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida “Bo‘ston” mahallasida joylashgan Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri M.Xujanov, shuningdek kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdi.

Nazorat tadbiri davomida Axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar har tomonlama ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 11