Янгиликлар

Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov, Xalq demokratik partiyasi Nurobod tumani Kengashi raisi G.Mirzayeva hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi bilan hamkorlikda tumandagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, guruh xonalarining jihozlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, muassasa xodimlarining faoliyati, ularning ish samaradorligi va bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifati atroflicha tahlil qilindi.

🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha muassasadagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🔹 Bu kabi o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 11