Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Paxtakor tumanida sport maktabi qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Karimova va Paxtakor tuman Kengashi deputatlari Sh. Suvonqulov, K. Mamanova hamda tuman hokimi o‘rinbosari F. Kubayev tumandagi sport maktabi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida obyektda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, belgilangan rejalarning bajarilish holati hamda ishlar sifati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, deputatlar mas’ul mutasaddilar bilan suhbatlashib, loyihani belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar berdilar.

Slide 1 of 4