TOMORQA — DAROMAD MANBAI: GULBOG‘ MAHALLASIDAN NAMUNA
✅“Yerga mehr bersang, yer seni boqadi!” — Bu shunchaki gap emas, Bandixon tumani “Gulbog‘” mahallasi aholisining bugungi kundagi asosiy shioriga aylangan.
✅Yaqinda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov ushbu mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, tomorqa madaniyati va aholining daromad sirlarini o‘rgandilar.
✅Jahongir Normurodov tomorqasi — haqiqiy namuna!
Mahalla fuqarosiJahongir Normurodov tomorqadan shunchaki ekin maydoni emas, balki haqiqiy daromad manbaiga aylangan.
Natijalar va tajriba:
Asosiy yo‘nalish: asosan xaridorgir pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan.
Yuqori hosildorlik: Har bir ko‘chat o‘z vaqtida parvarishlanishi natijasida sifatli va serhosil mahsulot olinmoqda.
Aniq maqsad: Nafaqat oila ehtiyojini qondirish, balki ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash va oila budjetini mustahkamlash.