Янгиликлар

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

 Navbatdagi o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mordonova Munira Jabborovna ishtirokida “Shodlik” mahallasida amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, tashkil etilgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati atroflicha tahlil qilindi. 

Yakuniy xulosalar asosida mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi. 

✍️ Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 3