Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologik masalalar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida bir qator muhim qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda ularning joylarda ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda quyidagi yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi:
— “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun asosida hududlarda olib borilayotgan ishlar, ijro intizomini mustahkamlash;
— “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
Muhokamalar davomida mas’ul tashkilotlarga qonunlarning mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan vazifalar belgilab olindi va ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.