DEPUTAT XALQ ORASIDA
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan xonadonbay uchrashuvlar o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari atroflicha o‘rganildi. Jumladan, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator masalalar ko‘tarildi.
📌 Deputat tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish maqsadida nazoratga olindi.
🤝 Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash hamda ularning muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.