📌 Deputatning tibbiyot muassasasiga tashrifi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Mexrabod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 84-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurildi
👩⚕️ Tashrif davomida tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar hamda uchrayotgan muammolar muhokama qilindi
🩺 Shuningdek poliklinikadagi moddiy-texnik baza, dori-darmon ta’minoti va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi
📋 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi
✅ Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va sohadagi muammolarni joyida hal etish ishlari doimiy e’tiborda