Янгиликлар

Munosabat

Bugun yurtimizda yoshlarga oid olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Bu — Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan oqilona siyosatning amaliy natijasi va xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchining yorqin ifodasidir.

Buxoro va Toshkent shaharlarining “Yoshlar poytaxti” sifatida xalqaro maydonda e’tirof etilishi, shuningdek, Global yoshlar festivalida mamlakatimiz vakillarining faol ishtiroki — bu yurtimiz yoshlari uchun yangi imkoniyatlar, zamonaviy bilim va tajriba almashish maydonini ochmoqda.

Men, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati A.Uljayeva bu jarayonlarni chin dildan qo‘llab-quvvatlayman. Chunki yoshlar — Vatanimiz kelajagi, har bir ularga yaratilgan sharoit esa, ertangi kunimizning mustahkam poydevoridir.

️ Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Aysuluv Uljayeva