Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi ish rejasiga muvofiq, deputatlar o‘z saylov okruglarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.
Xususan, tuman Kengashi deputatlari Q.O'tayev G'.Saitboyev B.Suyunovlar "Birlik" va "Otayurt" mahallalarida joylashgan 12-MTM, 13-MTMlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O'rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish materiallaridan foydalanish holati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi va xavfsizlik talablari alohida e’tiborda bo‘ldi.
Deputat mazkur jarayonlarni doimiy nazoratga olish, sifatli ta’mirlash ishlarini ta’minlash hamda o‘quvchilarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.