Янгиликлар

DEPUTATLAR MAHALLADA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-sonli farmoni ijrosidan kelib chiqib, mahalliy Kengash deputatlari "Mahalla yettiligi" vakillari va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar. Uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari deputatlar tashabbuslari bilan yil dasturlarini shakllantirishda “mahalla yettiligi” bilan o'zaro hamkorlik ishlarida muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga saylangan deputat, xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari M.Dexqonov hamda tuman Kengashi deputatlari X.Mamadaliyev, V.Axmedov hamda partiya tuman kengashi rahbari Z.Darvisheva joriy yil 22-iyul kuni Beshkapa mahalla fuqarolar yig‘iniga yangi saylangan rais Artikova Munojatxon bilan uchrashdilar. Mahalladagi muammo va kamchiliklar to‘g‘risida davra suhbati qurishdi. Mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli O‘rta ko‘cha aholisiga toza ichimlik suvi qudug‘i zarurligi, Fayz ko‘chasi aholisi uchun podstansiya va kichik hajmli suv minorasini katta hajimdagi suv minorasiga almashtirish ehtiyoji to‘g‘risida tegishli mutasaddi tashkilotalr rahbarlariga deputat so‘rovlari kiritilishi xususida maslahat qildilar. Shuning bilan birga hududga tashrif buyurgan mahalliy Kengash deputatlari tomonidan bolalar ust-bosh kiyimlari xomiy sifatida kambag‘al oilalar farzandalariga manzilli yetkazish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga taqdim etildi.

Qumariq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, tuman Kengashi deputati X.Mamadaliev boshchiligida mahalliy Kengash deputatlari bilan mahalladagi 27-son maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi-xodimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti ehtiyoji uchun qo‘shimcha bino qurish, tarbiyalanuvchilar maskani yo‘laklarini asfaltlashtirish masalalarini kelgusida tegishli dasturlarga kiritilishi uchun deputatlar tomonidan amaliy yordam berilishi borasida kelishib olindi.

Slide 1 of 2